6 Mart 2021 yil 404

АYOLLАR BELLАSHUVI

8 Mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Shahrisabz shahridagi "Hisor" sport kompleksida Shahrisabz tumani IIB Probatsiya guruhi nazoratida turgan xotin-qizlar oʼrtasida sportning shaxmat va shashka turlari boʼyicha musobaqa uyushtirildi. Shahrisabz tuman IIB Probatsiya guruhi xodimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqa qizgʼin bahslarga boy kechdi.
Musobaqa natijalariga koʼra shashka bahslarida Z.Pardaeva hamda shaxmat oʼyinlarida M.Soipova gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Gʼoliblarga tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori mayor B.Joʼraev tomonidan esdalik sovgʼalari topshirilib, musobaqaning qolgan ishtirokchilariga ham bayram munosabati bilan gullar ulashildi.

Text to speech