“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!”
IIV Qashqadaryo akademik litseyida “21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni”munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida adabiy, badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olganlar til – inson qalbining ko‘zgusi ekanligi, u nafaqat inson qalbi, balki o‘sha xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etishini ta’kidlashdi.
Hammamizga ma’lumki, dunyoda yetti mingga yaqin til bor, ammo shularning ikki yuztasigina davlat tili maqomiga ega. Ularning orasida o‘zbek tilining borligi esa tilimizning naqadar buyukligi, jozibadorligi, jahon hamjamiyatida ham o‘zining munosib o‘rniga ega ekanligini anglatadi.
Litsey o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan adabiy-badiiy kechada ona tilimizning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimiz Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiyning siymolari litsey o‘quvchilari tomonidan gavdalantirildi. Ona tilimizning boyligini madhini ifoda etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.
Adabiy-badiiy kecha barchada katta taassurot uyg‘otdi.