15 May 2024 yil 383

QADIMIY VA NAVQIRON XORAZMGA SAYOHAT

Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-marifiy bilimlarini oshirish, milliy tariximizni o‘rganish, dunyoqarashini boyitish maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan sohaviy xizmatlarning bir guruh yosh xodimlari va faxriylar qadimiy va navqiron Xorazmga sayohat uyushtirishdi.
Dastlab xodimlar nafaqat O‘rta Osiyoda, balki butun jahonda Xiva “Ichan Qal’a” muzey-qo‘riqxonasi nomi bilan 1990 yil 12 dekabrda jahon madaniy merosi YUNЕSKO tashkiloti ro‘yxatiga kirgan, qadimdan to bugungi kungacha bo‘lgan Xorazm tarixi, madaniyati, amaliy san’ati, hunarmandchiligi va adabiyotini o‘zida jo etgan, ellikdan ortiq tarixiy madaniy yodgorlikni o‘z ichiga olgan majmuada bo‘lishdi.
Moziyda o‘ziga xos tamaddun, ilm-fan va madaniyat markazi bo‘lgan Xorazmshohlar poytaxti - Xiva shahrining yuzaga kelish tarixi va asoslari bilan tanishdilar. Tarixda shaharning obodonchiligi, madrasa va masjidlar, karvonsaroylar va boshqa tarixiy binolarning qurilishi, uslub va andazalari haqida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.
Tarix silsilasidan bizgacha yetib kelgan, avlodlarimizning aqlu-zakosi ila bunyod etilgan bunday muhtasham va salobatli me’moriy yodgorliklar mustaqillik tufayli yana sayqallanibdi, - deydi viloyat IIB Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, podpolkovnik Qiyomxon Omonov.  Majmuaning ayrim qismlari mustaqillik yillarida qayta ta’mirlanib, chiroyli manzara kashf etgan. Shu bois bu maskanlar hamisha mehmonlar va ziyoratchilar bilan gavjum.
Ikkinchi kuni Urganch shahrining diqqatga sazovor joylari, ma’daniy marifiy markazlari bilan tanishgan sayohatchilar Xorazm tarixida mard va jasurligi bilan o‘chmas iz qoldirgan, shaharning istirohat bog‘ida haykali o‘rnatilgan shahzoda Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorligi majmuasi bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohatchilar shahardagi majmualar haqida qimmatli ma’lumotlar bilan birga g‘aroyib taassurotga ega ham ega bo‘lishdi.

Bundan tashqari, sayohatchilar Shovot tumanida joylashgan tasavvuf olamining yirik vakili Yusuf Xamadoniy va Buxoro viloyatidagi Bahovuddin Nakshband ziyeratgohida bo‘lib, qimmatli ma’lumotlar bilan birga bir olam taassurotga ega bo‘lishdi.

Text to speech