20 Aprel 2023 yil 241

Adiblar bilan uchrashuv

Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB xodimlari bilan she’rxonlik kechasi tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi adabiy maslahatchisi, atoqli shoir O‘roz Haydar,  Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi xodimi Latif Qambarov ishtirok etib, soha xodimlarining abadiy asarlarni mutola qilishi, kitobxonlik va tavsiya etilgan kitoblarni o‘qishi ma’naviy va dunyoviy bilimlarini, fikrlar teranligini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Text to speech