Qabuldan fuqarolar mamnun
Qashqadaryo viloyati ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor
Rajapov tomonidan Qarshi shahrining 3-sektoriga qarashli “Gungon”
mahallasi hududida yashovchi aholining
yashash va turmush sharoitlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf
etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
O‘tkazilgan sayyor qabul
davomida jami 37 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan ichimlik suvi
o‘tkazish, davolanish uchun yo‘llanma, kadastr hujjatlari, moddiy yordam,
o‘zini o‘zi band qilish kabi turli xil masalalarga oid 21 ta murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning 7 tasi
joyida hal etildi. Jumladan, “Gungon” mahallasida yashovchi Qurbonova
Zarnigorga o‘zini o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinasi berildi. Yana 7 nafar
fuqaroga murojaati bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Mablag‘ va muddat
talab etadigan 5 ta murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, ijrosi alohida
nazoratga olindi.
Boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va ularga
ijobiy yechim topish borasidagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.