4 Iyul 2024 yil 577

Qabulda muammolar yechim topdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Koson tumani Madaniyat markazida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. 

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganib, yechim topish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov tizimiga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir jami sakkizta murojaatlari tinglandi.

Mazkur murojaatlar orasida oltitasi joyida hal etildi. Jumladan, ular orasida ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingani munosabati bilan ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi. Qolgan murojaatlar o‘rganish uchun vaqt talab etgani bois ish yurituvga olinib, ijroga qaratildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech