11 Yanvar 2024 yil 399

Qabulda muammolar yechim topmoqda

G‘uzor tumani “Obod” MFYda joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida viloyat 3-sektor rahbariyatining fuqarolar sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov va sektorlar rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar hamda 46 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 25 ta murojaati qabul qilindi. Murojaatlarning 7 tasi joyida hal etildi. Jumladan, ichki yo‘llarga yo‘l belgilari o‘rnatish, mahallani obodonlashtirish,

“Yangikent” mahallasining 1,5  kilometr ichki yo‘llari ko‘chasiga tosh to‘kilib, shag‘allashtirildi. IT-texnolgiyalari sohasi bo‘yicha bir nafar o‘quvchiga Noutbuk berildi. 

Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 18 murojaatlar ma’sul rahbarlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech