7 Avgust 2021 yil 1204

Аbiturient oʼz biliminga ishon

Mamlakatimizda oliy oʼquv yurtlariga test sinovlari boʼlib oʼtmoqda. Boshqa viloyatlardagi singari Qashqadaryo viloyatida ham bu jarayon qizgʼin davom etmoqda.
Qarshi shahridagi “Nasaf” oʼyingohida 2 bosqichda test sinovlari oʼtkazilmoqda. Pandemiya sharoitida yoshlarni infektsiyadan asrash uchun ularga bir martalik tibbiy niqob va bosh kiyimlar berilmoqda. Аlbatta, test sinovlarini topshirishda bilimiga, oʼziga ishongan yoshlar hech qanday muammosiz savollarni yechmoqda. Biroq ayrim “bilimdon” yoshlar maʼlum manfaat evaziga birovning oʼrniga test sinovlarini topshirishga urinmoqda. Natijada siri fosh boʼlgani yetmagandek, oʼzganing bir yillik umrini bekor oʼtishiga sababchi boʼlmoqda.
Yaxshiyamki, ziyrak osoyishtalik posbonlarining saʼy-harakati bilan bu toifa shaxslar toʼxtatib qolinmoqda.
Test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha oʼzganing oʼrniga kirgan 14 ta, uyali telefondan foydalangan 17 ta, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 ta holat aniqlanib, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech