16 Mart 2024 yil
576
HASHAR – ELGA YARASHAR
Navro‘z
umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, mahallalar,
tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Milliy
urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka,
ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu
boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor. Erta
tongdan viloyat IIB xodimlari
hamjihatlikda hashar ishlarida faol qatnashdi. Ma’muriy bino atrofidagi
yerlarga ishlov berilib, Daraxtlar oqlandi. obodonlashtirish maqsadida
o‘tkazilayotgan hashar yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishida o‘ziga xos
xayrli tadbir vazifasini o‘taydi. Umumxalq xayriya hashari davom
etmoqda.