Qashqadaryolik sportchilar e'tirof etildi
Barchamizga ma'lumki, dunyoda hech bir narsa
mamlakatni sportchalik jahonga tez tanita olmaydi. Joriy yilda ham yurtimiz,
xususan, qashqadaryolik atletchilar turli sport yo'nalishlarida O'zbekiston
terma jamoalari tarkibida munosib ishtirok etib, jahon arenalarida yurtimiz
bayrog'ini ko'klarga ko'tardi.
Shu
boisdan, 2023-yil davomida ko'plab nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga
erishgan umidli va iqtidorli sportchilar, XIX Osiyo o‘yinlari va IV para Osiyo
o‘yinlarining g‘olib-sovrindorlari viloyat hokimligida jam bo'lishdi. Tantanali
tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, sportchilarimizni yil
davomida erishgan natijalarini yuksak e'tirof etgan holda kelgusida ham yanada
yuqori marralarni egallashlarini bildirib o'tdi.
Shundan
so'ng, sportchilar va ularning murabbiylari, namunali hamda faol sport ta'lim
muassasalari va soha rivoji yo'lida munosib xizmat qilib kelayotgan fidoyilar
tantanali ravishda e'tirof etilib, ularga viloyat hokimligining qimmatbaho
estalik sovg'alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ahamiyatlisi,
tadbirda og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o'rtasida Jahon va Osiyo chempioni
hamda ko'plab Xalqaro musobaqalar g‘olibasi Tursunoy Jabborova uchun kutulmagan
sovg'a, uy kalitlari viloyat hokimi tomonidan sovg‘a qilindi.