3 Iyul 2024 yil 432

Qashqadaryoda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targʻibot tadbirlarini oʻtkazish boshlandi.

Markaziy bankning Qashqadaryo viloyati boshqarmasida iyul oyi davomida viloyatimizda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" (Cyber-month - Qashqadaryo) kompleks targʻibot tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimi , Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimi, Markaziy bankninig Kiberxavfsizlik markazi xodimi, viloyat tijorat banklari rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir yakunida mazkur targʻibot tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish va fuqarolarning barcha qatlamlariga yetkazilishini taʼminlash boʻyicha reja grafik ishlab chiqilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar kelishib olindi.

Text to speech