17 Dekabr 2023 yil 433

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan maxsus reyd tadbirlari davomida

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan maxsus reyd tadbirlari davomida mast holatda avtotransport vositasini boshqarish, tegishli hujjatlarsiz transport vositasi boshqarish, tegishli ruxsatnomasiz avtomashina old yon oynalarini tusini o‘zgartirish hamda qidiruvdagi avtomashinalar aniqlanib, haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, haydovchilar boshqaruvidagi avtomobillar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Hurmatli haydovchilar, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qiling. Spirtli ichimlik ta’sirida transport vositasini boshqarib, o‘zingiz va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

Text to speech