Qashqadaryo viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga start berildi
Qashqadaryo viloyati Jurnalistlar uyida “Kibermadaniyatni yuksaltirish
oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbiri boshlanishi munosabati
bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi,
Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining mas’ul xodimi hamda OAV
vakillari, korxona tashkilotlar hamda axborot xizmatlari rahbarlari, jurnalist
va blogerlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar hozirgi rivojlanib borayotgan axborot asrida,
hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan texnologiyalar
muhim ahamiyat kasb etishini bildirishdi. Jumladan, axborot
texnologiyalari rivojlanib borgani sari,
bundan g‘araz maqsadda foydalanuvchilar ham ortib borayotir.
Bugungi kunda, barcha hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida
internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq holatlar nisbati keskin
oshib bormoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024 yil 21
fevraldagi PF–37-son Farmonining 4-ilovasi bilan “O‘zbekiston – 2030”
strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat
boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy
tadbirlar rejasi” tasdiqlangan bo‘lib, Rejaning 30-bandida “Fuqarolarning
kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga
qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish” vazifasi Ichki
ishlar vazirligi mas’ullariga yuklangani
qayd etildi.
Qashqadaryo viloyatida kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber
olamdagi tahdidlar, jinoyatlardan himoyalash va imunitetini oshirish maqsadida
2024 yilning 1-31iyul kunlari Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv
departamenti Kiberxavfsizlik markazi viloyatdagi manfaatdor idora va
tashkilotlar bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga start berildi.
Tadbirlari davomida innovatsion targ‘ibot usullaridan foydalangan holda
viloyatdagi barcha ishchi-xizmatchilar, yoshlar bilan hamkorlikda barcha
aholini qamrab olish rejalashtirilgan.
Targ‘ibot tadbirlari haqida batafsil,
www.kiberoylik.uz veb sayt,
https://t.me/cyber_102 “Telegram” kanali,
https://youtube.com/@cyber_102
“Yotube” tarmog‘ida,
https://www.instagram.com/cyber102_iiv_tqd “Instagram” tarmog‘i orqali
ma’lumot olishingiz mumkin.