Qashqadaryo viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Qarshi shahar Jamoat salomatligi texnikumida markaziy bank mas’ullari, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalar professor- o‘qituvchilari, talabalari va Axborot xizmatlari rahbarlari hamda jurnalistlar, blogerlar bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi J.Jabborov, Qashqadaryo viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i A.Ubaydullayev va boshqa mutaxassislar so‘zga chiqib, tobora rivojlanib borayotgan axborot asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etishini bildirishdi. Jumladan, axborot texnologiyalari rivojlanib borgani sari, bundan g‘araz maqsadda foydalanuvchilar ham ortib borayotganini ta’kidladi. Bugungi kunda, barcha hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq holatlar nisbati keskin oshib bormoqda. Fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish maqsadida qator targ‘ibot tadbirlariamalga oshirib kelinmoqda. Qashqadaryo viloyatida kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber olamdagi tahdidlar, jinoyatlardan himoyalash va imunitetini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” da barcha faol ishtirok etishi manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, OAV vakillari targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirishi lozimligi qayd etildi. Tadbirlari davomida innovatsion targ‘ibot usullaridan foydalangan holda viloyatdagi barcha ishchi-xizmatchilar, yoshlar bilan hamkorlikda barcha aholini qamrab olish rejalashtirilgan.
Targ‘ibot tadbirlari haqida batafsil,
ü www.kiberoylik.uz veb sayt,
ü https://t.me/cyber_102 “Telegram” kanali,
ü https://youtube.com/@cyber_102 “Yotube” tarmog‘ida,
https://www.instagram.com/cyber102_iiv_tqd “Instagram” tarmog‘i orqali ma’lumot olishi mumkinligi shtirokchilar
e’tiboriga havola etildi.
Yakunda mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar
berishdi.