Qashqadaryo viloyatida IIV JXD YHXX boshlig‘i polkovnik Sh.Ibragimov, viloyat IIB rahbari Abduvohid Ismoilov hamda Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi mas’ullari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan
viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan
podpolkovnik I.Idirov mas’ullar hamda xodimlarga tanishtirildi.
Shundan so‘ng, YHXX rahbari polkovnik Sh.Ibragimovning
sayyor qabuli tashkil etilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Qo‘shimcha
o‘rganishlar talab etmaydigan murojaatlar o‘sha joyning o‘zida hal etilgan
bo‘lsa, qolgan murojaatlarni tegishlicha tartibda, belgilangan muddatda ko‘rib
chiqish hamda hal etish bo‘yicha mas’llarga ko‘rsatmalar berildi va barcha
murojaatlar shaxsan YHXX rahbarining nazoratiga olindi.
Shuningdek, viloyat avtomobil yo‘llarida o‘tgan to‘qqiz oy
davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari hamda kelgusida bunday
ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha rejalar yuzasidan tanqidiy
muhokama yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.