Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir kilodan ortiq giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yildi
Giyohvand
moddalar inson hayotiga jiddiy xavf tug‘diruvchi illat hisoblanadi. Ammo ayrim
shaxslar bu illat orqali o‘zgalar hayotini zaharlash evaziga bo‘lsa-da, mo‘may
daromad orttirish maqsadida giyohvand moddalar savdosiga qo‘l urmoqda.
Jumladan,
joriy yil 8 iyul kuni Qashqdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Ko‘kdala
tuman ichki ishlar bo‘limi tezkor qidiruv xizmati xodimlari xamda xamkor
tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yana bir og‘ufurushning
kirdikorlari fosh etildi.
Ko‘kdala
tuman “Chorvador” mahallasida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan Quvondiqovdan 1 kiloyu 15 gram “marixuanna” giyohvandlik
moddasini ellik besh million so‘mga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari
tomonidan qo‘lga olindi.
Hozirda holat yuzasidan Ko‘kdala tuman ichki
ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,
tergov harakatlari olib borilmoqda.