Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani IIB hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi Mahalla masʼullari bilan hamkorligida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida talaba-qizlar oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori mayor M.D.Toshniyozova, Nefti gaz texnikumi katta oʻqituvchisi M.Qodirova, Chanoq MFY xotin-qizlar faoli M.Artikovalar tomonidan talaba-qizlarga huquqiy madaniyatni oshirish, gender tenglik, erta turmush, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, zoʻravonlikka qarshi kurashish, ijtimoiy-psixologik muhitni sogʻlomlashtirish yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Talabalar suhbat jarayonida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.