Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarining Nishon tumanida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Nishon tumani Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabulda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov 11 nafar fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Murojaatlar asosan, ichki ishlar organlarining
tergov va surishtiruv harakatlarining olib borilish jarayonlari, fuqarolik
hujjati olish masalalaridan iborat bo‘ldi.
Qabul qilingan murojaatlarning 8 tasi ijobiy
hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab qiladigan 3 ta murojaatlar
mas’ullarga biriktirilib, qonuniy hal etish topshirig‘i berildi.
Jumladan, Nishon tumanida ancha yillardan buyon
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida
yashab kelayotgan 4 nafar shaxsga Prezident farmoniga binoan fuqarolik
maqomi berilib, ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.