Qashqadaryo viloyati Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Qashqadaryo
viloyati Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida "Zo‘ravonlikka qarshi16 kun" shiori
ostida Respublika Ma’naviyat ma’rifat
markazining Shahrisabz tuman bo‘linmasi, TIIB XQMB, tuman Adliya
bo‘linmasi hamkorligida talabalar hamda
mahallalar faollari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda joriy yilning 11-aprel kunidagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”dagi Qonuni mazmuni va qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar
haqida ma’lumotlar berildi.
Qatnashchilar Shahrisabz tuman IIB HPB XQMB katta inspertori
podpolkovnik M.Kenjayevadan mavzuga oid savollariga javob olishdi va tadbirda "Ayol mehrga loyiq" video
roligi ko’rsatib o’tildi.