Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasida ham kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber olamdagi tahdidlardan himoyalash va immunitetini oshirish maqsadida 2024-yilning 1-31-iyul kunlari “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

—Hozirgi rivojlanib borayotgan axborot asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu sababdan ham bugungi kunda, barcha hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq holatlar keskin oshib bormoqda:-deydi o‘z so‘zida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi bo‘linma boshlig‘i Lazizbek Jo‘rayev.
Tadbirda mutaxassis tomonidan mavzu yuzasidan aniq misollar asosida ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.