Qashqadaryo viloyati prokurori va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Koson tumanigi mahallalarda “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosi o‘rganildi hamda Afv etilgan shaxslar bilan suhbatlashdi
Tumandagi “Lolazor” mahallasida “mahalla yettiligi”ning faoliyati o‘rganilib, qaror asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” dagi vazifalar hamda kriminogen vaziyatni jilovlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, odamlar gavjum to‘planadigan maskanlarda videokameralar o‘rnatib, ichki ishlar bo‘limi va profilaktika inspektoriga integratsiya qilish orqali huquqbuzarliklar, jinoyatlarni oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Mahalla yettiligining faoliyatini tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari bartaraf etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mahallada xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi hamda profilaktik tadbirlarni kengaytirish, “namunali yo‘lak”, “namunali ko‘cha” yaratish ishlarini jadallashtirish ta’kidlanib, mas’ullarga vazifalar yuklandi.
Mahallada yashovchi yaqinda afv etilgan bir guruh shaxslarni erkin hayotga ko‘nikishi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish xususida suhbatlashildi. Jarayonda jazodan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy ahvoli, erkin hayotga maslashuvi hamda tuzalish yo‘liga o‘tishini ta'minlash maqsadida kasb-hunarga jalb qilinib, sog‘ligi indivudual tartibda o‘rganilib, kelgusida qayta jinoyat sodir etmasligi uchun tavsiyalar berildi.
“Qizil” toifadagi “Do‘stlik” mahallasida esa ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘lagiga Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tashvish tugmalari ishchi holati, tezkor guruhning voqea joyiga yetib kelishi jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Savdo do‘konlari, fuqarolar gavjum to‘planadigan maskanlarda videokameralar hamda ko‘pqavatli uylarga domofonlar o‘rnatish, vaziyatni nazorat qilish uchun profilaktika inspektori va ichki ishlar organlarining vaziyatlar markaziga integratsiya qilish choralari ko‘rish topshirig‘i mas’ullarga yuklatildi.
O‘rganishlar davom ettirilmoqda.