Qashqadaryo viloyati prokuraturasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mas’ul idoralar
hamda jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi va hisobot berdi.
Yig‘ilishda 2023 yil davomida jamoat xavfsizligini
ta’minlash sohasida qabul qilingan kompleks chora - tadbirlar, dasturlar
ijrosi, bu borada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud
muammolarni vakolatli davlat organlari ishtirokida tanqidiy muhoqama qilindi.
Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va
boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash, jamoat joylarida huquqbuzarlik va jinoyatlarni,
tabiiy, texnogen xususiyatli va favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish
hamda oziq - ovqat xavfsizligini barqarorligini ta’minlash borasida yo‘l
qo‘yilgan xato va kamchiliklar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Kelgusida, viloyatda kriminogen vaziyat barqarorligini
ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan manzilli
chora – tadbirlar belgilab olindi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash yakunida mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish va muhokama qilingan sohalarda faoliyat samaradorligini oshirishga
qaratilgan qarorlar qabul qilindi.