13 Iyul 2024 yil
562
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari G‘uzordagi qishloq xo‘jaligi xodimlari va fermerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida kechiktirib
bo‘lmaydigan dolzarb vazifalar tahliliy muhokama qilindi. Xususan, g‘o‘za
parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, mahalliy
o‘g‘it chiqarish, sharbat usulida sug‘orish va zararkunandalarga qarshi
kimyoviy o‘g‘itlar sepish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, viloyat hokimi ushbu vazifalarni
amalga oshirishda tumanda "Dolzarb 40 kunlik"ni favqulodda holat deb
e'lon qilib, soha xodimlariga vazifalar belgilab berdi.