8 Iyun 2024 yil 665

Qashqadaryo viloyati Koson tumani IIBda joriy yil 1-30 iyun kunlari ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida bir qator manzilli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan uchrashuv o‘tkazilib, "Intizom oyligi"ni o‘tkazishdan maqsad va belgilangan vazifalar va xodimlar tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar yetkazildi. Xodimlarning xizmat vaqtida ko‘cha va jamoat joylarida formali kiyim boshni kiyib yurish qoidalariga amal qilayotganligi, shaxsiy va xizmat avtomobillarini yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarayotganligi, avtotransport vositalarini qarzdorlik holatlarini aniqlash maqsadida patrullik reydlari o‘tkazildi. Bundan tashqari rahbar va xodimlarning xizmat xonalari va ish hujjatlari, uyali telefon qurilmalari ko‘zdan kechirildi. Xodimlarning yashash uylariga borib, oilaviy axvoli, yashash sharoiti o‘rganildi. Bu borada ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech