2 Mart 2024 yil 595

Qashqadaryo viloyati IIBda JXX Probatsiya bo‘limi xodimlari, Qarshi shahridagi “Ishga marhamat”monomarkazi bilan hamkorlikda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Unda so‘z olgan Qarshi shahridagi “Ishga marhamat”monomarkaz bo‘limi boshlig‘i Mahmudov G‘ofurjon   Probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish amaliy yordam ko‘rsatish, ularni ro‘yxati shakllantirilib bandligini ta’minlash,  xorijdan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqorolarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarini aniqlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqaror bo‘lishi uchun mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishni yanada jonlantirish lozimligini bildirdi.

“Ishga marhamat”monomarkazda kasb-hunarga o‘qitishda bozor talablaridan kelib chiqqan holda turli yo‘nalishdagi kurslarni tashkil etish, muqaddam sudlangan va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarni ish bilan ta’minlovchi korxona, tashkilot va muassasalarga soliq imtiyozlarini berish, tumanlardagi aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh  probatsiya nazoratida turgan fuqoralarning har birini oilasiga borib, yashash sharoiti, turmush tarzini o‘rganish ishlarini amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar berdi.

Text to speech