24 Fevral 2024 yil 493

Qashqadaryo viloyati IIBda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi Yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda hamda ichki ishlar organlarining JXX Probatsiya bo‘limi xodimlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda so‘z olgan Yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Abror Rajabqulov Probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish amaliy yordam ko‘rsatish, ularni ro‘yxati shakllantirilib, yoshlar daftariga kiritish orqali bandligini ta’minlash,  xorijdan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarini aniqlash hamda ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqaror bo‘lishi uchun mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishni yanada jonlantirish lozimligini bildirdi.

Yoshlar bandligiga ko‘maklashish markazida kasb-hunarga o‘qitishda bozor talablaridan kelib chiqqan holda turli yo‘nalishdagi kurslarni tashkil etish, muqaddam sudlangan va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarni ish bilan ta’minlovchi korxona, tashkilot va muassasalarga soliq imtiyozlarini berish, tumanlardagi aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh  probatsiya nazoratida turgan yoshlarning har birini oilasiga borib, yashash sharoiti, turmush tarzini o‘rganish ishlarini amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar berdi.

Text to speech