25 Iyul 2024 yil 631

Qashqadaryo viloyati IIBda Vazir o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning birinchi yarmi yakuniga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi videoselektor orqali qatnashdi. Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapovning  o‘tgan olti oy davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqib, korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida rahbariyatning qat’iy talab va topshiriqlarini xodimlarga yetkazdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyatda jamoat tartibini saqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, mol-mulk daxlsizligi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari  rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Ko‘lami keng yig‘ilishda xizmat davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan sohaviy xizmatlarning ayrim xodimlari faoliyati muhokama etilib, tegishli jazo choralari belgilandi. Biriktirilgan hududda jinoyatlarning oldini olib, xizmatda muvaffaqiyatga erishgan, korrupsion holatlarni oldini olib, ichki ishlar organlarining imidjini oshirishga qo‘shga hissasi uchun bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Hisobot yig‘ilishida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Rustamjon Do‘smatov tayinlandi. 

Text to speech