5 Yanvar 2024 yil
831
Qashqadaryo viloyati IIBda navbatdagi qabul
Qashqadaryo viloyati ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Israil Himmatov
jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida muammo bilan kelgan yetti
nafar fuqarolarni qabul qildi. Qabulda ijtimoiy va moddiy yordam, ichki ishlar
organlariga ishga kirish, shuningdek, tergov va surishtiruv ishlari bilan
bog‘liq turli masalalar bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Boshqarma
boshlig‘ining o‘rinbosari fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning
murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganib, yechim topish maqsadida
o‘tkazilgan qabulida fuqarolarga huquqiy tushuntirish berilib, vaqt talab
etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijroga qaratildi.