31 May 2024 yil
620
Qashqadaryo viloyati IIBda xizmat qilayotgan xodimalar bilan "Reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan kasalliklar" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati IIBda xizmat qilayotgan xodimalar bilan "Reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan kasalliklar" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi nevrolog shifokori A.Mirzaqobulova mavzu doirasida ma’ruza qilib, xotin-qizlarda uchrayotgan kasalliklar profilaktikasi va davo choralari hamda oldini olish borasida ishtirokchilarga atroflicha tushuncha va tavsiyalar berdi. Mavzu doirasida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.
Tadbir yakunida ichki ishlar organlari xodimalarining ishchanlik, kasbiy mahorati va ruhiy salomatligini mustahkamlash maqsadida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.