23 Dekabr 2023 yil 682

Qashqadaryo viloyati IIBda xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda boshqa qonunchilikka rioya etishi ahvoliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochib, shaxsiy tarkibning xizmat, ijrochilik intizomi va qonunchilikka rioya etish, ma’naviy-ma’rifiy, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni atroflicha tahlil qildi.  

Faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya holatlarni sezganda darhol uni ogohlantirishi, lozimligi tushuntirildi. 

Keng qamrovli yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik T.Bayjanov so‘zga chiqib, shaxsiy tarkib bilan sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz  holatlarni barvaqt oldini olish, “xodimbay” ishlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada takomillashtirish lozimligini qayd etdi.

Ichki ishlar organlarida guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilishi lozimligi sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi. 

Yig‘ilishlarda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” shiori asosida xizmat olib borish lozimligi, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab, bilim va malkasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi qilish bugungi kun talabi ekanligi ishtirokchilarga uqtirildi. 

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganlar viloyat IIB rahbariyati yoki  IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishi aytib o‘tildi.

Text to speech