Qashqadaryo viloyati IIBda ham 8 mart – Xalqaro xotin –qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Yurtimizda bahor boshlandi. Ona tabiat
uyg‘onib, atrofni yashilikka burkamoqda. Yasharish va yangilanish ayyomining
boshlanishi 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yanada o‘zgacha
uyg‘unlashib, dillarga farahbaxshlik ulashmoqda.
Shu kezlarda barcha joylarda bo‘lgani kabi
Qashqadaryo viloyati IIBda ham 8 mart – Xalqaro xotin –qizlar kuniga
bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Go‘zallik va nafosat ayyomiga
bag‘ishlangan bayram tadbiriga boshqarma soha xizmatlarida faoliyat
yuritayotgan barcha xotin-qizlar, faxriy onaxonlar va xizmat burchini bajarish
chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari taklif etildi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i, polkovnik
Abduvoxid Ismoilov ochib, Ichki ishlar vazirining soha malikalariga yo‘llagan
bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Ichki ishlar organlarining turli sohalarida
osoyishtalik barqarorligini
mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotgan xotin - qizlarni ezgulik,
go‘zallik, mehru muhabbat ayyomi bilan muborakbod etdi. El osoyishtaligini
ta’minlashda erkaklar bilan yelkama-yelka turib xizmat qilayotgan bir guruh
xotin-qizlarga Ichki ishlar vazirligining
“A’lo xizmatlari uchun”, II-III-darajali “Benuqson xizmatlari uchun”
ko‘krak nishonlari, Faxriy yorliq va qo‘l soati, navbatdagi maxsus unvon hamda
pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alarini topshirildi.
- Mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat
va ehtirom nihoyatda ortdi, - deydi boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zarina
Kenjayeva. –xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, jamiyatda ayollarning
faolligini oshirish, tadbirkorlik va ishbilarmonlik sohalarida o‘z
iqtidorlarini namoyon etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni sanab adog‘iga
yetish qiyin. O‘z navbatida xotin-qizlar ham ichki ishlar organlarida erkaklar
bilan yelkama-yelka xizmat qilib, yurt koriga kamarbasta bo‘lmoqda.
Bayram tadbiri Qarshi shahridagi «Asl»
choyxonasida bir piyola choy ustida davom etdi. Unda ishtirok etgan bir guruh
viloyat san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha
fayz bag‘ishladi.