10 Yanvar 2025 yil
526
Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov huzurida boshqarma JXX YHXB xodimlari tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.
Yig‘ilishda jinoyat sodir etilishini oldini olish, olib borilayotgan profilaktik ishlarni kuchaytirish ta’kidlandi. Unda Yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari viloyat hududi boʼylab yoʼl-transport hodisalarini oldini olish, qoidabuzarlikka qarshi kurashish hamda qidiruvda boʼlgan transport vositalarini aniqlashga qaratilgan reyd tadbirlarini kuchaytirilgan tartibda olib borishlari bo’yicha alohida to’xtalib o’tildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yig’ilish so’ngida boshqarma rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘iga asosan navbatdagi maxsus unvon olgan xodimlar taqdirlandi.