Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik R.Do‘stmatov huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va Probatsiya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik R.Do‘stmatov huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va Probatsiya bo‘limi tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt olini olish, ularga qarshi kurashish, alohida toifadagi va Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda mahalla yettiligi
bilan “xonadonbay”, “mahallabay” ishlar, yakka va ijtimoiy profilaktik ishlarni kuchaytirish, hisobda
turuvchi shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, fuqarolar
bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tanqidiy tahlil etildi.
Shuningdek, probatsiya
nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini
ta’minlash, pirovardida ular tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlariga
yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni muhokama qilindi.
Yakunda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va amaldagi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.