7 Yanvar 2025 yil
575
Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik R.Do‘stmatov huzurida boshqarma JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.
Unda PPX bataloni xodimlari tomonidan jamoat joylarida jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar, aniqlangan ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar, Kinologiya va Karantin guruhi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.