Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma TQX sohaviy xizmatlari rahbarlari va shahar-tuman IIB TQX tezkor xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov so‘z
olib, kuzatilgan yilda viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni
barvaqt aniqlab, oldini olish borasida tezkor xizmatlar xodimlari tomonidan
amalga oshirilgan ishlar, sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotganlarini fosh
etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash, tashabbus bilan aniqlangan jinoyatlar,
shuningdek, diniy muhit barqarorligini ta’minlash, terrorizm va ekstremizmga
qarshi kurashishning ahvolini atroflicha tanqidiy-tahlil etdi.
Ko‘lami
keng yig‘ilishda faoliyatda erishiilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar muhokama etilib, mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Bundan
tashqari, viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati tarkibiy va hududiy bo‘linmalari
xodimlari tomonidan qonunchilik, xizmat va ijro intizomiga rioya etishning
ahvoli ham muhokama etilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror
qabul qilindi.