17 Fevral 2024 yil 510

Qashqadaryo viloyati IIBda viloyat hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda hamda ichki ishlar organlarining JXX Probatsiya boʼlimi xodimlari uchun oʼquv mashgʼuloti tashkil etildi

Unda soʼz olgan viloyat hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari M.Ochilova Probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam koʼrsatish boʼyicha mutasaddi idoralarning hamkorlik mexanizmi - Bandlik va mehnat munosabatlari, Sogʼliqni saqlash, Xalq taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi kabi idoralarning har biriga alohida aniq vazifalar belgilab berilganligini taʼkidladi. 

Shunday boʼlsa-da, probatsiya boʼlinmalari hisobida turgan shaxslarga amaliy yordam koʼrsatish ishlari talab darajasida emasligini, ayniqsa, xorijdan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, ogʼir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuviga, ular bilan manzilli ishlash orqali zarur yordamlar olishlariga koʼmaklashish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarini aniqlash hamda ular bilan manzilli ishlash, ularni zamonaviy, sogʼlom oila boʼlib shakllanishida iqtisodiy barqarorlikning hamda oilani ijtimoiy-maʼnaviy muhiti barqaror boʼlishi uchun mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishni yanada jonlantirish lozimligini bildirdi.

 Probatsiya nazorati ostidagi xotin-qizlar uchun mavjud ish oʼrinlaridan alohida kvotalar ajratishni, aholini bandligiga koʼmaklashish markazida kasb-hunarga oʼqitishda bozor talablaridan kelib chiqqan holda turli yoʼnalishdagi kurslarni tashkil etish, muqaddam sudlangan va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarni ish bilan taʼminlovchi korxona, tashkilot va muassasalarga soliq imtiyozlarini berish, tumanlardagi aholi bandligiga koʼmaklashish markazi, va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh probatsiya nazoratida turgan shaxslarning har birini oilasiga borib, yashash sharoiti, turmush tarzini oʼrganish va ijtimoiy-maishiy muammolaridan kelib chiqqan holda, “Temir”, “Аyollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritish, hamda bu borada tushuntirish va targʼibot ishlarini amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar berdi.

Text to speech