Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXBda xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda boshqa qonunchilikka rioya etishi ahvoliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni viloyat IIB JXX YHXB boshlig‘i polkovnik Aziz Sadirov ochib, shaxsiy tarkibning xizmat, ijrochilik intizomi va qonunchilikka rioya etish, ma’naviy-ma’rifiy, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni atroflicha tahlil qildi.
Faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya holatlarni sezganda darhol uni ogohlantirishi, lozimligi tushuntirildi.
Xizmat davomida bir qator kamchiliklarga yo’l qo’ygan bir nechta xodimlarga intizomiy ta’sir chorasi qo’llanildi. Bundan tashqari har bir xodim kelgusida yuqoridagi kabi salbiy holatlar sodir etilgan hollarda keskin intizomiy ta’sir choralari qo’llanilishi bo’yicha qattiq ogohlantirildi.