26 Dekabr 2024 yil 1268

Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda olib borgan tadbirda avtomashinada pirotexnika vositalari borligi aniqlandi

Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda olib borgan tadbirda avtomashinada pirotexnika vositalari  borligi aniqlandi. Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.J.ga tegishli «Kobalt» rusumli avtomashina shaharning «Arabxona» mahallasi hududida to‘xtab turgan vaqtda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, salonida jami 56 dona «7 SHOTS» nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech