2 Fevral 2024 yil 450

Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB, Mudofaga ko’maklashuvchi vatanparvar tashkiloti va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda velo va piyoda yurish marafoni b`olib o`tdi

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur marafon barchaga jismoniy tetiklik bilan birga aʼlo kayfiyat ham bag‘ishladi.

Jarayonlarda marafon ishtirokchilari hamda keng jamoatchilik va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Yo’l patrul xizmati xodimlari sergaklik bilan o‘z xizmat burchlarini olib bordilar.

Sportni yanada ommalashtirish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik, eng muhimi, sog‘likni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbir ishtirkchilarda zo‘r ishtiyoq uyg‘otdi.

Bu kabi sport tadbirlari kun davomida tetik va bardam xizmat qilishiga zamin hozirlaydi.

Text to speech