Qashqadaryo viloyati IIB JXH HPB Xotin-qizlar boʻlimi hamda Viloyat Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida Qamashi tumanida yashovchi xotin-qizlarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli, bandligini taʼminlash hamda xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka barham berish, erta turmush bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olish profilaktikasini amalga oshirish maqsadida seminar yigʻilish tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyati IIB JXH HPB Xotin-qizlar boʻlimi hamda
Viloyat Oila va xotin-qizlar boʻlimi
hamkorligida Qamashi tumanida yashovchi xotin-qizlarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli, bandligini taʼminlash hamda xotin-qizlar
oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularga nisbatan tazyiq va
zoʻravonlikka barham berish, erta turmush bilan bogʻliq salbiy holatlarning
oldini olish profilaktikasini amalga oshirish maqsadida seminar yigʻilish
tashkil etildi.
Tadbirda Viloyat
kengashi deputatlari hamda tumandagi barcha oʻrta maxsus-taʼlim muassasalari
rahbarlari, tibbiyot xodimlari, tumanning mahalla xotin-qiz faollari ishtirok
etdi. Unda so’z olganlar yoshlar o’rtasida erta turmushning oldini olish,
oilalarda ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish hamda tarbiyaviy ma’rifiy ishlarni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni tahlil qilib, xizmat
ish faoliyati davomida xato va kamchilikka yo’l qo’ygan mutasaddilarga tegishli
choralar qo’llanildi.
Tadbir soʻnggida
tumandagi ,,Zafarʼʼ MFY masʼullarining
faoliyati bilan tanishilib, mahallada
aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrganishda tegishli tavsiyalar berildi
hamda yoshlarning va aholining huquqiy ongini oshirishni targʻib etuvchi
bukletlar tarqatildi.