7 Avgust 2024 yil 669

Qashqadaryo viloyati IIB Jamaot xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida 2024 yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar

Joriy yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat IIB YHXB shaxsiy tarkibi, Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi, shahar hokimligi, viloyat yo‘l loyiha, transport universiteti mutaxassisi, transport boshqarmasi ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Qarshi shahar hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport xodisalarini barvaqt oldini olish,  tirbandliklarni bartaraf etish,  jamoat transportlari uchun yangi bekatlar tashkil etish, haydovchi hamda piyodalar uchun qulay shart sharoitlar yaratish maqsadi piyodalar o‘tish joylari,  chorrahalarni qayta ko‘rib chiqish masalalari o‘rtaga qo‘yilib viloyat IIB YHXB boshlig‘i tomonidan taqdimot qilindi 

Viloyat IIB boshlig‘i tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi

Text to speech