Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat Ma’naviyat maskanida Ichki ishlar organlari xodimlari, o‘quvchi yoshlari ishtirokida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi bo’lib o’tdi.
Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan 8-dekabr O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat Ma’naviyat maskanida Ichki ishlar organlari xodimlari, o‘quvchi
yoshlari ishtirokida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovda viloyat IIB rahbariyati, Faxriylar
kengashi a'zolari Konstitutsiya haqidagi bilim va ko'nikmalarini soha xizmat
xodimlariga yetkazib, bu borada o'z fikr mulohazalarini bildirdi. Ishtirokchilarga bosh qomusimiz bo’lgan
Konstitutsiyaga doir bir qancha savollar berildi. Qizg’in bahs-munozarali va aqlni charxlash uchun xizmat
qiladigan intellektual tanlovdan maqsad
xodimlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni
shakillantirish va yanada bilim salohiyatini oshirishdan iboratdir.
Faol
ishtirok etgan zakovatli xodimlar esdalik sovg’alar va diplom bilan
taqdirlandi.