20 Fevral 2024 yil 383

Qashqadaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlarining ayol xodimalari oʼrtasiga “Fidoiy xodima” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi

Yangi Oʼzbekistonda ayol xodimalar maqomi oshmoqda oʼzbek xotin-qizlarimiz har sohada ilgʼor, ayol mehnati bilan jamiyat toʼlaqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar xotin-qizlar zimmasiga ham alohida ma’suliyat yuklaydi. Tizimda xizmat qiluvchi xotin-qizlarni sohaviy bilimlarini jangovor shaylik va jismoniy tayyorgarliklarini oshirish maqsadida doimiy tarzda sport mashgʼulotlari va seminar treninglar tashkil etib kelinadi. 

Koʼrik tanlovning viloyat saralash bosqichida xodimalarimiz 4 xil shart boʼyicha bellashuv olib bordilar. Birinchi bosqichda jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan ming metr masofaga yugurish va kompleks mashqlarni bajarishdi, ikkinchi bosqichda esa xodimalarning jangovor tayyorgarligini aniqlash yuzasidan makarov toʼpponchasini toʼliqsiz qismlarga ajratish, yigʼish hamda amaliy oʼq otish mashgʼulotlari oʼtkazildi. 3-bosqichda ayol-qizlardan test sinovlari qabul qilindi. Koʼrik tanlov natijalari hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. 

Yakuniy natijalarga koʼra faxrli 1-oʼrinni Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish, markazi tarbiyachisi katta serjant Muhayyo Norqulova qoʼlga kiritdi. 2-oʼrin esa Kitob tumani IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʼyicha katta inspektori mayor Dilabzo Sevinovaga nasib qildi, hamda 3-oʼrinda Boshqarma JXX HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish markazi boshligʼi mayor Gulmira Turdiboevaning qoʼli baland keldi.

Text to speech