Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Avduvoxid Ismoilovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Qarshi shahar Davlat xizmatlari binosida
Qashqadaryo viloyati sektorlari rahbarlarining fuqarolar bilan yuzma-yuz
muloqot orqali ularning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda viloyat IIB
boshlig‘i, polkovnik Avduvoxid Salomov 18 nafar fuqarolarning murojaatlarini
qabul qildi. Murojaatlar asosan, ichki ishlar organlarining tergov va
surishtiruv harakatlarining olib borilishi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy
zararni undirishga doir masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul qilingan murojaatlarning ayrimlari ijobiy
hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar
mas’ullarga biriktirilib, qonuniy hal etish topshirig‘i berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.