3 May 2024 yil
627
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov boshqarmada Tibbiyot bo‘limining shahodatlangan va erkin yollanma shifokorlari hamda ishchi-xizmatchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi
Yig‘ilishda zamonaviy tibbi asbob
va uskunalardan samarali foydalangan holda shaxsiy tarkib, faxriylar hamda
ularning oila a’zolarini salomatligini mustahkamlash, mavsumiy kasalliklarni
oldini olish, dispanser hisobida turgan xodimlarni sog‘lomlashtirish
choralarini ko‘rish borasida profilaktik tibbiy ko‘riklarni tez-tez o‘tkazish
Vazirlik va boshqarma rahbariyati talabi ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga shahodatlangan va erkin yollangan
tibbiyot xodimlari xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya qilishi,
faxriylarga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish,
biriktirilgan kontingent va nomzodlar bilan ishlashda qonun talabidan
chetga chiqmaslik xususida ishtirokchilar ogohlantirildi.