Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i birinchi oʼrinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov tomonidan yoshlar ishtirokida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda
Mamlakatimizda joriy yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha katta marra va muhim vazifalar belgilab olingan. Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ishlash
tizimiga doimiy ravishda eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan yoshlar orasida,
huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini
yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
468-sonli Qarori asosida, yoshlarning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam
ko‘rsatish masalalari asosiy vazifa qilib belgilangan.
Ushbu vazifalarni sifatli amalga oshirish maqsadida
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i birinchi oʼrinbosari polkovnik Baxtiyor
Rajapov tomonidan yoshlar ishtirokida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek bugun viloyat Boshqarma
boshlig‘i birinchi o’rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajabov o'ziga biriktirilgan Qarshi shahridagi
Aralovul mahallasi yoshlari bilan
uchrashuv o‘tkazdi. Taklif va
o’z savollari bilan murojaat qilgan mahalla yoshlarining muammosi ijobiy hal
etildi.
Uchrashuv
davomida yoshlar Qarshi shahrida joylashgan Harbiy aviatsiya institutda barcha
qulayliklarga ega zamonaviy sport shaharchasi va majmuaning muzeyi bilan
tanishtirildi.
Keyingi manzilda
mahalla yoshlari Vatanparvarlar bog’ida bo’lib, muzeyda ikkinchi jahon urushida
ishtirok etgan xotirasi abadiylashtirilgan qahramonlarimiz shuningdek tarixiy
harbiy texnikalarni tomosha qilishdi. Bularning barchasi yoshlarning tarix
haqidagi bilimlarini oshirib, mamlakatimizdan, ajdodlarimizdan, milliy
armiyamizdan g‘ururlanish tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda
yurtimizda olib borilayotgan islohotlar negizida o‘sib kelayotgan yoshlar
taqdiri mujassamligi, shu bois yurt koriga yaraydigan insonlar bo‘lib
shakllanish, ustuvor maqsadlar sari dadil borish har bir yoshning Vatanimiz
oldidagi muqaddas burchi ekani to‘g‘risida so‘z yuritildi. Viloyat IIB
boshlig‘i birinchi o’rinbosari Baxtiyor Rajabov yoshlarga hayotiy misollar
bilan maslahat va tavsiyalar berib, ularning bandlik, tadbirkorlikka bo‘lgan
xohish-istaklari borasidagi savollariga atroflicha javob berdi.
Yoshlar
ishtirokidagi bu kabi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.