Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, korrupsion holatlarga qarshi kurashish ishlarining tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, boshqarma JXX tarkibidagi barcha sohaviy xizmatlar rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilikka rioya etish hamda faoliyat davomida qonun doirasidan chetga chiqmaslik, fuqarolar va haydovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini tegishli hujjatlar asosida yo‘l qoidalariga rioya etgan holda boshqarish, turli favqulodda hodisalarning oldini olish bo‘yicha holatlarni atroflicha tahlil etdi.
Sir emas, keyingi paytlarda korrupsion holatlar, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarni oldini olish borasida amalga oshirib kelinayotgan kompleks chora-tadbirlar tufayli bir qator korrupsion va boshqa turdagi jinoyatlarni oldini olinyotgani, o‘z kasbi va kasamyodiga sodiq xodimlar tufayli ichki ishlar organlarining imidji oshib borayotir.
Ammo sholi kurmaksiz bo‘lmagani kabi tizimda ham o‘z nafsini tiya olmayotgan nopok xodimlar uchrayotgani tanqid ostiga olindi.
Shaxsiy tarkibga qonunchilik va Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi talablariga rioya etgan holda halollik va burchga sadoqat ruhida xizmat olib borish borasida yo‘riqnoma berdi.