Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Aziz Allanazarov Ko‘kdala tuman IIBida hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi
Joylarda joriy yilning uch oyida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini
olish, sodir etilganlarini fosh etish, shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat,
ijrochilik intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy,
kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib
o‘tmoqda. Ana shunday yig‘ilish viloyatning Ko‘kdala tuman IIBda bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Aziz
Allanazarov so‘zga chiqib, har ikkala tuman hududida tezkor vaziyatni
yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarni oldini olish,
huquq-tartibotni mustahkamlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash
borasida keng qamrovli tezkor qidiruv va profilaktik tadbirlar natijasini
tanqidiy-tahlil etdi.
Jinoyatlarni oldini olish bilan birga sohaviy xizmatlar o‘rtasida
hamkorlikni yanada kuchaytirish, faoliyat davomida ichki ishlar organlari
xodimlari xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishi,
xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli iste’mol qilgan xodimlar ichki ishlar
organlaridan bo‘shatishgacha intizomiy jazo chorasi qo‘llanishi, har bir xodim
o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganishi,
tamagirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida
rasman ogohlantirildi.