7 Fevral 2025 yil 573

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qarshi shahrida joylashgan “qizil” toifadagi Chulquvar mahallasini jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarni ijrosini nazorat qilish maqsadida o‘rganishlar olib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha Qarshi shahrida joylashgan “qizil” toifadagi Chulquvar mahallasini jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarni ijrosini nazorat qilish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov o‘rganishlar olib bordi.

 

Chulquvar MFYda tasdiqlangan yo‘l xarita ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi hamda mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolariga yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

 

Shu bilan birga mahallada aholi gavjub bo‘lgan joylar, ta’lim muassasalari, ko‘chalar, shuningdek jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan manzillarda kameralashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Tasdiqlangan yo‘l xaritasi doirasida chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech