Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Muborak tumanida kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
Muborak tumani IIB TB Navbatchilik qismi negizida tashkil etilgan “Monitoring markazi” ga ulangan “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini faoliyati bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda ichki ishlar bo‘limi monitoring markaziga kriminogen jihatidan og‘ir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tumanning va mahallalarning kirish-chiqish joylariga, chorrahalarning avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi jami bir yuz ellikka yaqin avtomatlashtirilgan tizimi intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatilgani qayd etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i tuman sektorlar rahbarlariga jinoyatlarni barvaqt aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish qonunbuzarliklarga barham berish borasida bajarilgan ishlarni atroflicha muhokama qildi. Mas’ullarga kriminogen vaziyati og‘ir maskanlar, jinoyat o‘choqlariga, tuman markazidagi barcha jamoat joylarida, eng avvalo maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, savdo do‘konlari, har xil turdagi bozorlar va masjidlarning ma’muriy binolarini qo‘riqlovini kuchaytirishda so‘nggi rusumdagi videokuzatuv moslamalarini bosqichma-bosqich o‘rnatish topshirig‘i berildi.
Bu boradagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.